“Tolibon” ISHID jangarilari qayerda yashiringanini ma’lum qildi

Olam

image

ISHIDning afg‘on qanoti – “Viloyati Xuroson” jangchilari Osiyoning bir qator davlatlarida yashirinmoqda. Bu haqda “Tolibon” harakatining Qatardagi siyosiy idorasi rahbari Suhayl Shahin RIA Novostiga ma’lum qildi.

Nashrga vaziyatdan xabardor manba terakt uyushtirganlar ISHIDning afg‘on qanoti “Viloyati Xuroson”ga qarashli “Xuroson ovozi” Telegram-kanali orqali yollanganini ma’lum qilgan. Unga ko‘ra, hozirda o‘chirib tashlangan kanal Afg‘onistondan “Viloyati Xuroson” terrorchilari tomonidan nazorat qilingan.

“Afg‘onistonda Xurosonning ba’zi a’zolari bo‘lishi mumkin, lekin siz bilasizki, Xurosonning a’zolari nafaqat Afg‘oniston, balki Pokiston, Hindiston, Eron, Markaziy Osiyoda ham bor. Hozir ular Afg‘onistondan tashqarida yashiringan va ularning hammasi ham Afg‘oniston fuqarosi emasligini bilasiz”, deydi Shahin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “Tolibon” o‘z hududidagi mavjudligidan butunlay qutulish uchun unga qarshi kurashishga bel bog‘lagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22 mart kuni Moskva yaqinidagi “Krokus Siti Holl”da terakt uyushtirishda gumonlanayotganlardan biri 1998 yilda tug‘ilgan Shamsuddin Fariduni so‘roq paytida Telegram'dagi chatlardan biriga yollanganini tan olgandi.

Avvalroq esa Amerika razvedkasi Rossiyani “Islomiy davlat” (ISHID) terrorchilik guruhi Rossiya hududida teraktlar uyushtirishni rejalashtirayotgani haqida ogohlantirgandi.

Teraktdan so‘ng ISHID javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Rossiya nega AQSHning terakt haqidagi ogohlantirishlariga e’tibor bermagani haqidagi tahlilchilarning versiyalarini batafsil ushbu maqolada keltirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon Viloyati Xuroson

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing