“Tolibon” Afg‘onistonda aeroportga raketa hujumi uyushtirdi
Olam
−
01 avgust 2021 11623 1 daqiqa
Afg‘onistonning Qandahor shahridagi aeroport raketa hujumiga uchradi. Hujum “Tolibon” harakati tomonidan amalga oshirildi. Bu haqda “Reuters” agentligi aeroport ma’mumriyatiga tayanib, xabar tarqatdi.
“O‘tgan kechada aeroportga uchta raketa uchirildi, ularning ikkitasi uchin-qo‘nish yo‘lagiga tushdi”, degan aeroport rahbari Masud Pushtun.
Aeroportdan amalga oshirilishi kerak bo‘lgan barcha reyslar bekor qilingan.
“Biz Qandahor aeroportini o‘qqa tutdik, chunki dushman uni bizga qarshi havo hujumlari markazi sifatida ishlatgan”, degan “Tolibon” harakati Matbuot kotibi Zabihullo Mudjohid.
Ma’lumot uchun, Afg‘onistonda hukumat kuchlari va “Tolibon” harakati jangarilari o‘rtasida to‘qnashuvlar davom etmoqda. Kecha to‘qnashuvlar Hirot shahri uchun olib borildi. Janglarda hukumat kuchlarining qo‘li baland keldi. “Tolibon”ning 60 dan ortiq jangarisi yo‘q qilindi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust