“Tolibon” 40 yoshgacha bo‘lgan ayollarga Termizdagi bozorga borishni taqiqladi

Olam

image
“Nafas olishdan boshqa hammasi”. Afg‘on ayollariga bugun nimalar taqiqlangan? north_east

“Nafas olishdan boshqa hammasi”. Afg‘on ayollariga bugun nimalar taqiqlangan?

Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati 40 yoshgacha bo‘lgan ayollarni Afg‘oniston-O‘zbekiston chegarasidagi bozorga kiritmayapti. Bu haqda Amu TV xabar berdi.

Mahalliy aholi va do‘kon egalarining xabar berishicha, yaqinda Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumatining “ahloq politsiyasi” deb ataluvchi tuzilmasi Termizdagi Afg‘oniston-O‘zbekiston chegarasida joylashgan umumiy bozorga 40 yoshdan kichik ayollarning kirishini taqiqlagan. Ularning aytishicha, bu cheklov xaridorlar oqimini keskin kamaytirgan va chegaradosh hududlardagi iqtisodiy faollikka salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

“Avvallari mijozlarimizning asosiy qismini oilalar, jumladan, ayollar tashkil etardi. Endi esa yosh ayollar kiritilmayotgani sababli savdomiz keskin tushib ketdi”, deydi afg‘on savdogaridan biri.

Nashrga ko‘ra, ushbu cheklov “Tolibon” tomonidan jamoat va iqtisodiy hayotda ayollar ishtirokini cheklashga qaratilgan yanada qat’iyroq ijtimoiy siyosatning bir qismi sifatida qaralmoqda. Ular bu cheklovga rasmiy izoh bermagan. Bu bozor esa hozirgacha afg‘on oilalari birga savdo va xarid qilishi mumkin bo‘lgan kam sonli joylardan biri bo‘lgan.

“Ilgari savdo yoki xarid maqsadida Termizga yo‘l olgan oilalar endilikda bunday safarlarni kamaytirishga majbur bo‘lganini bildirishmoqda. Bozor egalari agar “Tolibon” bu siyosatdan voz kechmasa, iqtisodiy oqibatlar chegaradagi odamlarning hayotiga yanada salbiy ta’sir ko‘rsatishidan ogohlantirishmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Etilaatroz” gazetasi “Tolibon” muvaqqat hukumati ayollarga jamoat namozlarini ado etish uchun masjidlarga borishni taqiqlaganini xabar qilgandi. Yangi cheklovlar haqida aholi imomlar orqali og‘zaki tarzda xabardor qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Termiz Tolibon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing