Tesla nosozlik sabab sotuvga chiqarilgan 27 ming Cybertruck’ni qaytarib oladi
Texnologiya
−
04 Oktabr
4508Amerikaning Tesla kompaniyasi AQSHda Model 3 sedanining standart yurish zaxirasiga ega arzon variantini sotuvdan olib tashladi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Tesla veb-saytida endilikda faqat Model 3 ning Long Range konfiguratsiyasi, shuningdek, yuqori tezlanishga ega Model 3 Performance versiyasi mavjud. Bundan tashqari, kompaniya 27 mingdan ortiq Cybertruck elektr pikaplarini orqa kamerasidagi nosozlik tufayli qaytarib olmoqda.
Orqa kamera ishga tushirilganidan keyin tasvir sakkiz soniyagacha kechikishi mumkin, Amerika qonunchiligi esa ikki soniyadan ko‘p bo‘lmagan kechikishga ruxsat beradi. Kechikish avtomobil orqasidagi hudud ko‘rinishini qiyinlashtirib, avariya xavfini oshiradi. Muammoni hal qilish uchun yangi bepul dasturiy ta’minot chiqarildi.
Ma’lumot uchun, mazkur Cybertruck’ning rusumi o‘tgan yilning noyabrida sotuvga chiqarilganidan buyon beshinchi marta chaqirib olinishi. Mazkur xabardan so‘ng bugungi birja savdolarida Tesla aksiyalari 1,2 foizga arzonlashdi.