Termizda yigit 16 qavatli “dom”ning tomidan o‘zini tashladi (video)
3-sahifa
−
12 yanvar 7946 1 daqiqa
Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida 22 yoshli yigit 16 qavatli uyning tomidan o‘zini tashladi. Bu haqda QALAMPIR.UZ so‘roviga javoban Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Uning bildirishicha, bugun, 12 yanvar kuni Termiz shahar, Farovon massivi, “Bog‘ishamol” MFYda joylashgan 16 qavatli uyning yuqori tom qismidan 2004 yilda tug‘ilgan fuqaro tushib ketib, vafot etgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan va Termiz shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Bektemir tumanidagi ko‘p qavatli uylarning birida yashagan ayol 7-qavatning kirish yo‘lagidagi panjara bilan yopilmagan ochiq qismidan pastga tushib ketib halok bo‘lgandi.
Live
Barchasi