“Teodor Ruzvelt”da koronavirusga chalinganlar soni 230 nafarga yetdi
Olam
−
08 aprel 2020 6614 1 daqiqa
AQSHning “Teodor Ruzvelt” samolyot tashuvchi kemasida koronavirusga chalinganlar soni yana 230 nafarga yetdi. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar harbiy-dengiz kuchlari veb-saytida ma’lum qilingan.
4 aprel holatiga ko‘ra, kemada 155 nafar odam infeksiyadan zararlangan edi.
“Bugungi kunga kelib Teodor Ruzvelt jamoasi a’zolarining 79 foizining COVID-19 ga topshirgan testi ijobiy chiqdi. Bundan tashqari, 2037 dengizchida u salbiy natijani ko‘rsatdi”, deyiladi xabarda.
Dengiz kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, guruhning 3 mingdan ortiq a’zosi qirg‘oqqa ko‘chirilgan.
Kema kapitani Brett Kroze rahbariyat nomiga yo‘llagan maktubi ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingach, u lavozimidan chetlatildi. Maktubda ekipajning ko‘p qismini qirg‘oqqa tushirish iltimos qilingan edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025