Telefondan eng kam foydalanadigan davlatlar reytingi tuzildi
Bu qiziq
−
15 Sentabr 2025 47221 2 daqiqa
2024 yilda Yaponiyada odamlar bir kunda o‘rtacha 1 soat-u 47 daqiqa vaqtini telefonga sarflagan va bu dunyoda eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu haqda “Exploding topics” e’lon qilgan hisobotda keltirilgan.
Unga ko‘ra, dunyoda odamlar har kuni o‘rtacha 4 soat-u 37 daqiqa vaqtni telefonda o‘tkazishadi. Shuningdek, har bir kishi kuniga o‘rta hisobda 58 marta telefonini tekshiradi. Ganaliklar har kuni telefonida eng ko‘p vaqt (5 soat 43 daqiqa) sarflaydigan xalq bo‘lsa, yaponiyaliklar smartfonlardan foydalanishda global o‘rtacha vaqtning yarmidan ham kamroq (1soat 47 daqiqa) vaqt sarflaydi. Z-avlod vakillari sanaladigan 4 kishidan 3 nafari telefonida ortiqcha vaqt o‘tkazishini tan oladi.
Yuqorida qayd etilganidek, inson har kuni telefonida o‘rtacha 4 soat 37 daqiqa vaqt sarflaydi. Bu haftasiga 1 kundan ortiq, oyiga esa qariyb 6 kunni tashkil etadi. Bir yil davomida esa taxminan 70 kun telefon ekraniga qarab o‘tkaziladi degani.
Ish kunlarida smartfondan foydalanish dam olish kunlariga qaraganda ko‘proq. Odamlar telefonini kuniga o‘rtacha 58 marta tekshiradi. Bu tekshiruvlarning qariyb 52 foizi (30 marta) ish soatlariga to‘g‘ri keladi. Shu tariqa, telefonni qo‘lga olish odat tusiga kirishi mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, barcha ekran sessiyalarining yarmi oxirgi foydalanishdan atigi 3 daqiqa o‘tmasdan boshlanadi. Odamlar kun davomida har safar smartfonni qo‘lga olganda o‘rtacha 1 daqiqa 15 soniya vaqt sarflaydi.
Ushbu reytingdan dunyoning turli mintaqasidan 53 ta davlat o‘rin olgan. Xususan, Janubiy Amerika mintaqasidagi 4 davlat “eng ko‘p vaqt sarflovchilar” o‘ntaligiga kirgan, shuningdek, Janubi-Sharqiy Osiyodagi 3 mamlakat ham kuchli o‘nlikdan joy olgan. Markaziy Osiyo mamlakatlari, jumladan, O‘zbekiston reytingga kiritilmgan.


Live
Barchasi