Tehron Trampning Hormuz bo‘yicha bayonotiga javob qaytardi

Olam

image

Hormuz bo‘g‘ozini tvit bilan ham, aviatashuvchi kema bilan ham, farmon yoki saylovoldi nutqi bilan ham o‘zlashtirib bo‘lmaydi. Eron Tashqi ishlar vazirining huquqiy va xalqaro masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Kozim G‘aribobodiy AQSH Prezidenti Donald Trampning bo‘g‘oz AQSH hududi deb e’lon qilinishi haqidagi fikrlariga javoban shunday dedi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Hormuz bo‘g‘ozi faqat Eronning buyrug‘i bilan yopilishi va ochilishi mumkin hamda uni egallab olishning imkoni yo‘q.

“Tramp Eron mag‘lubiyatga uchragach, tez orada Hormuz bo‘g‘ozini AQSH hududi deb e’lon qilishini aytdi. Hormuz bo‘g‘ozini tvit bilan ham, aviatashuvchi kema bilan ham, farmon yoki saylovoldi nutqi bilan ham egallab bo‘lmaydi. Eron tahdidlardan qo‘rqmaydi va kuch ko‘rsatish bilan qo‘rqitishlarga taslim bo‘lmaydi”, deb yozdi Kozim G‘aribobodiy o‘zining X sahifasida.

Oldinroq Tehron Qo‘shma Shtatlarga Hormuz bo‘g‘ozini ochish uchun oltita shart ilgari surgan edi. Eron Islom Respublikasi Milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi Muhammad Bog‘ir Zulqadr AQSH o‘z xulq-atvorini o‘zgartirmagunicha Hormuz bo‘g‘ozi ochilmasligini ma’lum qildi.
 
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron AQSH bilan davom etayotgan urushni Donald Trampning prezidentlik muddati yakunlangunga qadar cho‘zish variantini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar berilgan edi. Undan oldinroq esa Vashington va Tehron joriy yil 17 avgustda muddati tugaydigan 60 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish rejimini uzaytirishga kelishib olgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing