Tarixiy xotiralar uchun Fyuridan minnatdorman – Uaylder

Sport

image

Professional boksning super og‘ir vazn toifasida sobiq Jahon chempioni Deontey Uaylder (42-2-1) Tayson Fyuridan (31-0-1) uchralgan mag‘lubiyatidan so‘ng, Instagram sahifasida birinchi marta jang haqida izoh qoldirdi. 

“Avvalo, Yaratganga dunyoda qat’iyat va ehtiros bilan yashashga izn bergani uchun shukrona keltirmoqchiman. Shuningdek, o‘z jamoamga va doimo qo‘llab quvvatlagan muxlislarga rahmat aytaman. Tushkunlikka tushmadim, desam yolg‘on bo‘ladi. Ammo endi tushundimki, bu yo‘l men kutganimdan murakkabroq ekan. Tayson Fyurini g‘alaba bilan tabriklayman va abadiy yodda qoladigan tarixiy xotiralar uchun minnatdorman”, deydi Uaylder.

Shuningdek, “bronza bombardimonchi” mag‘lubiyat bokschining o‘sishiga yordam berishini aytib o‘tgan:

“Albatta, g‘alaba qozona olmadim, lekin bir inson g‘alaba – ongning bir qismi ekanini aytdi. Ba’zida g‘alaba qozonish uchun yutqizish kerak. Men muxlislarning quvonchini ko‘rishni xohlayman. Umid qilamanki, o‘zimni jangchi va haqiqiy sport qiroli sifatida ko‘rsata oldim”.

Eslatib o‘tamiz, 36 yoshli Deontey Uaylder joriy yil 10 oktyabr kuni o‘tkazilgan jangning 11-raundida Tayson Fyurining kuchli zarbasidan so‘ng, nokaut holatiga tushgan va bahs davomida qo‘lini sindirib olgandi. U jang yakuniga yetgach, shifoxonaga olib ketilgan va shifokorlar xulosasiga ko‘ra olti oy davomida ringga ko‘tarila olmasligi ma’lum qilindi. 

Ma’lumot uchun, ashaddiy raqibi ustidan g‘alaba qozongan “Lo‘lilar qiroli” esa 45 kunlik “ta’til”ga chiqdi. Bunga qadar bokschilar ikki bor o‘zaro to‘qnash kelgan. Ilk jangda kuchlar teng kelgan bo‘lsa, ikkinchi qarama-qarshilikda Tayson raqibini nokautga uchratgan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

WBC Tayson F'yuri Prof boks Uaylder

Baholaganlar

8

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing