Tadbirkorlar uchun jarima, to‘lov va yig‘imlar keskin kamaytiriladi
Jamiyat
−
21 iyul 2919 1 daqiqa
O‘zbekistonda ishlab chiqaruvchi va eksportchilar uchun to‘lov hamda yig‘imlar keskin kamaytiriladi. Bu haqda bugun, 21 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning birinchi yarmida erishilgan natijalar va yil yakunigacha qilinadigan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida mutasaddilarga topshiriq berdi.
Yig‘ilishda davlat rahbari odamlar biznes boshlab, eksportga chiqishi uchun barcha sharoitlar yaratilayotganini ta’kidlagan.
Bildirilishicha, hozir 51 ta vazirlik va idorada 322 ta yo‘nalishda moliyaviy jarima qo‘llash vakolati bor. 2024-2026 yillarda qariyb 3 trillion so‘mlik jarima qo‘llanilgan.
Prezident jazo qo‘llaydigan tashkilotlar mas’ullarining ongi va dunyoqarashi o‘zgarishi zarurligini ta’kidlagan. Ular tadbirkorni jazolashdan oldin unga imkoniyat berish va to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishni o‘rganishi kerak.
Tashqi bozorda raqobat kuchayayotgan sharoitda ishlab chiqaruvchi va eksportchilar uchun to‘lov hamda yig‘imlarni kamaytirish masalasi ham ko‘tarilgan.
Misol sifatida bir fura gilosni eksport qilishda bojxona yig‘imi, fumigatsiya, sertifikat va deklarant xizmati uchun 5 million so‘mgacha qo‘shimcha xarajat qilinayotgani aytilgan.
Barcha vazir va tarmoq rahbarlariga bir haftada tizimidagi byurokratiya, jarima, to‘lov va yig‘imlarni keskin kamaytirish, biznes muhitini yaxshilash bo‘yicha takliflarni Prezident Administratsiyasiga kiritish topshirilgan.
Live
Barchasi