Suyunchi! Andijonda 4 egizak tug‘ildi (video)

Jamiyat

image

Bugun, 25 avgust kuni Andijon viloyatida 4 nafar egizak dunyoga keldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot kotibi Furqat Sanayev ma’lum qildi.

Uning bildirishicha, Andijon tumanida yashovchi Dildoraxon Ahmedova joriy yilning 20 avgust kuni ko‘p homilalik tashxisi bilan mazkur tibbiyot muassasasiga qabul qilingan.

Ayolga muddatidan avval kesarcha kesish amaliyoti bajarilgan. Tug‘ruq jarayoni akusher-ginekolog, neonatolog va reanimatologlar ishtirokida muvaffaqiyatli o‘tkazilgan.

Chaqaloqlarning uch nafari qiz, biri o‘g‘il:

  • birinchi chaqaloq – qiz, 1 840 gramm;
  • ikkinchi chaqaloq – o‘g‘il, 1 534 gramm;
  • uchinchi chaqaloq – qiz, 1 584 gramm;
  • to‘rtinchi chaqaloq – qiz, 1 756 gramm.

Hozirda 4 nafar egizak va ularning onasi tibbiyot xodimlari nazoratida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon shahar 2-son tug‘uruq majmuasida 5 nafar egizak dunyoga kelgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing