Surxondaryoda yo‘l harakati qoidasining buzilishi o‘lim bilan yakunlandi
Jamiyat
−
18 iyun 2020 5413 1 daqiqa
Surxondaryo viloyatining Denov tumanida yuz bergan yo‘l harakati xavfsizligining buzilishi oqibatida bir kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Joriy yilning 13 iyun kuni taxminan soat 23:45 lar chamasida, tumanning “Shamoli” mahallasi hududidan o‘tuvchi yo‘lda tumanning “Guliston” mahallasida yashovchi Sh.Y. boshqaruvidagi "Damas" rusumli avtomobili bilan qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketadi. Oqibatda ushbu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, Uzun tumani, “Oqtumshuq” mahallasida yashovchi A.U. boshqaruvidagi "ZIL" rusumli yuk avtomobili bilan to‘qnashib ketadi.

Natijada esa "Damas" haydovchisi Sh.Y. “hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir” tan jarohati olib, 16 iyun soat 16:30 da kasalxonada vafot etgan.
“Holat yuzasidan 16 iyun kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan”, deyiladi xabarda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025