Surxondaryoda kuchli sel kelgani tufayli 360 bosh qo‘y nobud bo‘ldi

Jamiyat

image

Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida kuchli sel kelgani oqibatida 360 bosh qo‘y nobud bo‘ldi. Bu haqda viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 29-30 aprel, 1 may kunlarida yog‘ingarchilikning ko‘p bo‘lishi oqibatida Sherobod tumanining Bog‘iobod mahallasi hududiga kuchli sel kelgan. Oqibatda qo‘radagi 360 bosh qo‘y nobud bo‘lgan.

Nobud bo‘lgan qo‘ylardan har xil kasalliklar tarqalmasligi uchun viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va viloyat Sanitariya-epidemiologiya boshqarmasi tomonidan ular dezinfeksiya qilib ko‘milgan.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo 360 bosh qo'y

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing