Surxondaryoda kelinni erining akasi urib, jag‘ini sindirdi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyati Denov tumanida yashovchi fuqaro turmush o‘rtog‘ining akasi tomonidan uning onasi, ya’ni qaynonasiga “yaxshi qaramagani” uchun kaltaklandi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, holat 21 aprel kuni soat 17:30 larda Denov tumani “Elobod” mahallasida sodir bo‘lgan. Ushbu mahallada yashovchi Q.Y. qarindoshi J.M. ismli ayol bilan ilgaridan davom etib kelayotgan oilaviy nizolari sababli o‘zaro janjallashib qolgan. Shundan so‘ng ayol tanasining turli joylariga qo‘llari bilan urib, tan jarohati yetkazgan.

Denov tumani  sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra, jabrlangan ayol o‘rtacha og‘ir tan jarohatlari olgan deb baholangan. Mazkur holat yuzasidan Denov tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Gumonlanuvchi shaxs Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan. Hozirda tergov harakatlari Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Surxondaryo IIB

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing