Suriyadagi AQSH bazasi dron hujumiga uchradi
Olam
−
10 avgust 2024 3666 1 daqiqa
Suriya shimoli-sharqidagi AQSH harbiy bazasiga kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan uchuvchisiz samolyotlar tomonidan hujum uyushtirildi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Amerika armiyasining Tenef mintaqasidagi bazalariga, Iroq chegarasi yaqinidagi Malikiya viloyatiga, Hasaka viloyatining Shaddadi va Dayr az-Zor hududiga kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan hujumchi uchuvchisiz uchoqlar va yerdan yergacha bo‘lgan qurollar yordamida hujumlar uyushtirildi.
Qayd etilishicha, Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan guruhlar vaqti-vaqti bilan Furot daryosining sharqiy qirg‘og‘idagi AQSH bazalariga raketalar va uchuvchisiz samolyotlar yordamida hujum qilib turadi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH armiyasi Suriya shimoli-sharqidagi Xasaka viloyatidagi bazasiga 40 nafar qo‘shimcha kuch yuborgani xabar qilingandi.
Zumrad Zaripova
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025