Suriya Isroil bilan “do‘stlashmoqchimi?” Ular maxfiy muzokaralar olib bormoqda

Olam

image

Suriya va Isroil Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) tomonidan yaratilgan aloqa kanalidan foydalanib, bilvosita muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda o‘z manbalarga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, muloqotlar ikki davlat o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlashga qaratilgan va birinchi navbatda xavfsizlik masalalarini muhokama qilishni nazarda tutadi.

“Aloqa kanalini yaratish Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Sharaning joriy yilning 13 aprel kuni BAAga rasmiy tashrifidan bir necha kun o‘tib boshlangan”, deyiladi xabarda.

Suriya xavfsizlik xizmatidagi yuqori lavozimli manbaning so‘zlariga ko‘ra, kanal faqat xavfsizlik va terrorizmga qarshi kurash mavzusiga oid masalalarni muhokama qilish uchun yaratilgan. Shu bilan birga, muzokaralarga BAA xavfsizlik xizmati, Suriya razvedkasi va Isroil razvedkasining sobiq xodimlari jalb qilingan. O‘tgan haftada Isroilning Suriyaga bergan zarbalaridan keyin aloqa kanalidan foydalanilgani yoki foydalanilmagani noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2 may kuni Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va Mudofaa vaziri Isroil Kats Damashqdagi prezident saroyi yaqinidagi nishonga berilgan zarba bo‘yicha qo‘shma bayonot bilan chiqqandi. Hujum “Suriya rejimiga yo‘llangan aniq signal” sifatida baholandi.

Xuddi shu kuni Suriyaning muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Shara Damashqdagi prezident saroyi hududiga uyushtirilgan aviazarbalarni xavfli keskinlashuv deb atadi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing