Sumiga aviabomba tashlanishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Rossiya kuchlari kecha, 18 sentyabr kuni kechqurun Sumi shahriga 6–7 ta boshqariladigan aviabomba bilan zarba berdi. Hujum oqibatida 2 kishi halok bo‘lib, 7 kishi jarohatlandi. Bu haqda Sumi viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Grigorov va Sumi shahar harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Krivosheyenko ma’lum qildi.

Oleg Grigorovga ko‘ra, Rossiya kuchlari Sumi shahri va uning atrofini boshqariladigan aviabombalar bilan nishonga olgan. Zarbalardan biri ko‘p qavatli turar joy binosiga tekkan.

Dastlab 5 kishi, jumladan 1 bola jabrlangani xabar qilingan. Keyinchalik jabrlanganlar soni 7 nafarga yetgani ma’lum bo‘lgan. Ular orasida 13 yoshli qiz ham bor. 3 kishining ahvoli esa og‘ir.

Sumi shahar harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Krivosheyenkoning so‘zlariga ko‘ra, zarbalardan biri Kovpakovskiy tumanidagi turar joy hududiga tekkan. Kamida 4 ta ko‘p qavatli uy zarar ko‘rgan.

Hodisa joyida tegishli xizmatlar ishlamoqda. Dastlab ayrim odamlar vayronalar ostida qolgan bo‘lishi mumkinligi aytilgan.

Sumi shahri hokimi Artem Kobzar hujum soat 21:00 dan keyin sodir bo‘lganini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 18 sentyabr kuni Rossiya kuchlari Xarkov viloyatida yo‘lovchi poyezdiga hujum qilgan edi. Hodisa oqibatida 1 kishi halok bo‘lib, 7 kishi jarohatlangan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing