Sudyalar daromadi va mol-mulkini deklaratsiya qilish majburiy bo‘ladi
Jamiyat
−
09 iyun 2743 1 daqiqa
O‘zbekistonda sudyalar va sud xodimlarini daromad hamda mol-mulkni deklaratsiya qilishga majburlash rejalashtirilmoqda. Bu haqda Prezident bugun, 9 iyun kuni “Sudlarda komplayens nazorat tizimi samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Unga ko‘ra, sudyalar oliy kengashi 2026 yil 1 sentyabrga qadar sudyalar tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi holatlari hamda daromadlar va mol-mulki to‘g‘risidagi deklaratsiyani Kengashga taqdim etish, shuningdek, ularni tekshirish va tahlil qilishning avtomatlashtirilgan elektron tizimini joriy etadi.
Shu bilan birga, Oliy sud 2027 yil 1 mayga qadar sud apparati xodimlari tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi holatlari hamda daromadlar va mol-mulki to‘g‘risidagi deklaratsiyani Oliy sudga taqdim etish, shuningdek, ularni tekshirish va tahlil qilishning avtomatlashtirilgan elektron tizimini yo‘lga qo‘yiladi.
Bundan tashqari, sud apparati xodimlari faoliyatidagi korrupsiya, shubhali sxemalar va intizom buzilishlariga olib keluvchi bo‘shliqlarni aniqlab, ularni bartaraf etish, sud apparati xodimlari faoliyatini monitoring qilish imkonini beruvchi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni boshqarish elektron axborot tizimi ishga tushiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda sud apparati xodimlari orasida korrupsiyaning oldini olish maqsadida Oliy sud tarkibida Komplayens nazorati xizmati tashkil etilishi haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiToshkentdagi uyga o‘t ketdi
14 iyul