Stadionda yig‘lab mashhur bo‘lgan bolakay terma jamoa mashg‘ulotiga bordi (video)
Sport
−
21 iyun 13464 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasining Kolumbiyaga qarshi uchrashuvi vaqtida tribunadagi ko‘z yoshlari bilan mashhurlikka erishgan yosh muxlis Isfandiyor terma jamoa mashg‘ulotida mehmon bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati doirasida ilk uchrashuvidan keyin ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan Isfandiyor terma jamoa mashg‘ulotlariga bordi va futbolchilari bilan ko‘rishdi.
Mashg‘ulot jarayonida u futbolchilar bilan suhbatlashdi, esdalik suratlariga tushdi va jamoa a’zolaridan dastxatlar oldi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi birinchi turda Kolumbiyaga qarshi maydonga tushdi va 3:1 hisobidagi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatidagi ilk golini esa Abbosbek Fayzullayev kiritgandi.
Eslatib o‘tamiz, endi O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning 23 iyun kuni Jahon chempionati guruh bosqichi 2- turi doirasida Portugaliyaga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahsni marokashlik hakam Jalol Jayedni boshqarib boradi.
Live
Barchasi