“Soya floti” yana nishonda: Ukraina bir kechada 15 ta kemaga zarba berdi
Olam
−
13 iyul 3798 2 daqiqa
Bugun, 13 iyulga o‘tar kechasi Ukraina Rossiyaning “soya floti”ga tegishli 15 ta kemaga zarba berdi. Bu haqda “Ukrinform” xabar berdi.
Ukraina Qurolli kuchlarining Uchuvchisiz tizimlar kuchlari qo‘mondoni Robert Madyar Brovdining aytishicha, zarba berilgan kemalar orasida 7 ta neft tankeri, 5 ta quruq yuk kemasi, 1 ta parom va 2 ta buksir bor.
Brovdiga ko‘ra, joriy yilning 6–13 iyul kunlari davomida Rossiyaning “soya floti”ga tegishli jami 105 ta kemaga samarali zarbalar berilgan.
Shuningdek, joriy yilning 12–13 iyul kunlari vaqtincha bosib olingan Qrim va Ukrainaning Rossiya nazoratidagi boshqa hududlarida turli quvvatga ega 9 ta elektr podstansiyasi hamda Rossiyadan Qrimga elektr energiyasi uzatuvchi Kuban–Qrim elektr ko‘prigining “Qrim” strategik uzatish punktiga zarba berilgan. Mazkur uzatish punkti so‘nggi 48 soat ichida ikkinchi bor hujumga uchragan.
Bundan tashqari, Rossiyaning havo hujumidan mudofaa tizimining 4 ta elementi, jumladan, S-400 “Triumf” zenit-raketa majmuasi, “Tor” havo hujumidan mudofaa tizimi va ikkita radiolokatsiya majmuasi yo‘q qilingani bildirilgan.
Ukraina tomonining ma’lum qilishicha, so‘nggi 24 soat ichida Uchuvchisiz tizimlar kuchlari frontning taktik chuqurligi bo‘ylab 1 725 ta nishonga zarba bergan. Rossiya tomoni hozircha ushbu ma’lumotlar yuzasidan rasmiy izoh bermagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Azov dengizida Rossiyaning “soya floti”ga tegishli 28 ta kemaga zarba bergan edi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28