Ukraina yana Rossiya tankerlarini bombardimon qildi (video)
Olam
−
11 iyul 4843 1 daqiqa
Bugun, 11 iyulga o‘tar kechasi Ukraina Azov dengizida Rossiyaning “soya floti”ga tegishli 28 ta kemaga zarba berdi. Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlarining Uchuvchisiz tizimlar kuchlari qo‘mondoni Robert Madyar Brovdi ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, zarbaga uchragan kemalar orasida 21 ta tanker, 4 ta buksir, 2 ta quruq yuk kemasi va 1 ta maxsus kema bor. Ularga jami 73 ta aniq zarba berilgan.
Brovdining aytishicha, joriy yilning 6–11 iyul kunlari davomida Rossiyaning Azov dengizidagi jami 76 ta nishoni urilgan. Ushbu hujumlardan so‘ng Rossiyaning “soya neft floti” sezilarli yo‘qotishlarga uchragan va Kerch bo‘g‘ozi orqali kemalar harakati deyarli to‘xtagan.
Bundan tashqari, Ukraina harbiylari shu kecha vaqtincha bosib olingan Qrim hamda Ukrainaning janubidagi okkupatsiya qilingan hududlarda joylashgan 53 ta harbiy ob’ektga ham zarba bergan.
Shuningdek, Azov dengizida turgan Rossiyaning “Sanar-17” tankeri ham butunlay yo‘q qilingani bildirilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 iyulga o‘tar kechasi Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi Azov dengizida Rossiyaga tegishli 12 ta tanker, bitta buksir va bitta quruq yuk kemasiga zarba bergan edi.
Live
Barchasi