Soliq qo‘mitasi ogohlantirish bilan chiqdi

Jamiyat

image

Soliq qo‘mitasi fuqarolarning elektron pochtalariga soliq qarzi mavjudligi va uni to‘lash zarurligi haqidagi xabarlarni firibgarlar yuborayotganidan ogohlantirdi. Bu haqda qo‘mitaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida xabar berildi.

“Fuqarolarning elektron pochtalariga soliq qarzi mavjudligi va uni to‘lash zarurligi haqida xabarnomalar kelib tushganligi ma’lum bo‘ldi. Soliq qo‘mitasi nomidan yuborilgan ushbu xatlar firibgarlikning bir ko‘rinishi ekanligi va soliq xizmatiga hech qanday aloqasi yo‘qligini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, soliq organlari soliq to‘lovchilarga elektron hujjatlarni faqat my.soliq.uz va my3.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinet orqali yuboradi.

Qayd etilishicha, hisoblangan soliqlar va qarzdorlik haqidagi barcha ma’lumotlar real vaqt rejimida shaxsiy kabinetda va Soliq mobil ilovasida mavjud.

Shuningdek, qo‘mita agar savollar yuzaga kelsa, soliq to‘lovchilar o‘zlariga biriktirilgan soliq inspektoriga murojaat qilishlari mumkinligi haqida ham qo‘shimcha qilgan.

“Tasdiqlanmagan ma’lumotlar, shubhali havolalar, yuklamalar va ilova fayllaridan saqlaning!” deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kadastr agentligi fuqarolarni yer olib berish bilan bog‘liq holatlarda aldanib qolmaslikka chaqirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Soliq qo'mitasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing