Sloveniya va Kolumbiyaning O‘zbekistondagi yangi elchilari ishni boshladi
Jamiyat
−
21 iyun 2024 4937 1 daqiqa
Bugun, 21 iyun kuni Sloveniya va Kolumbiyaning O‘zbekistondagi yangi elchilari ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, vazir Sloveniyaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Darya Bavdaj Kuretning ishonch yorlig‘ini qabul qilib olgan. Uchrashuvda ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikning asosiy ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilingan.
Shuningdek, vazir Kolumbiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Ektor Isidro Arenas Neyraning ham ishonch yorlig‘ini qabul qilgan. Uchrashuv davomida ikki tomonlama aloqalarni chuqurlashtirish, ishbilarmonlik, siyosiy, madaniy hamkorlikni hamda xalq diplomatiyasini rivojlantirish muhimligi ta’kidlangan.
Live
BarchasiSariosiyoda terroristik guruh ushlandi
08 avgust