Sirdaryoda gaz ta’minoti xodimlari pora bilan qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Sirdaryo viloyatida “Gulistonshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari gaz o‘g‘irlagan fuqaroning zarar summasini kamaytirib bergani uchun pul olgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Gulistonshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi kichik, o‘rta biznes va byudjet iste’molchilari bilan ishlash bo‘linmasining yetakchi muhandisi hamda mahallabay ishlash xizmati boshlig‘i o‘zaro til biriktirib, mahalliy fuqaroning xonadonida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganlik holati yuzasidan aniqlangan 164 mln so‘mlik zarar summasini 14 mln so‘mgacha kamaytirib bergani uchun 1000 AQSH dollari talab qiladi. Tezkor tadbirda muhandis ushbu pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan muhandis va bo‘lim boshlig‘iga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi (Pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Xorazm viloyatidagi tumanlardan birining O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘limi boshlig‘i xizmat mavqeidan foydalangan holda qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan mineral o‘g‘itlar va biokomplekslar savdosi bilan shug‘ullanuvchi MCHJga tegishli 27 tonna “Biostimulyator” o‘simliklar ozuqasini mahalliy fermer xo‘jaliklariga qimmat narxlarda sotish uchun shartnoma tuzishda amaliy yordam berish evaziga 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan.

Hozirda ushbu mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “a, v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘yish uchun pora olgan shaxslar qo‘lga tushgandi. Ular oddiy askarlar tarkibidagi lavozimlarga kiritib qo‘yish uchun 1500 AQSH dollari, ofitserlar tarkibidagi lavozimlarga ishga qabul qilish uchun esa 2000 AQSH dollari talab qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

pora Xorazm Sirdaryo Firibgarlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing