Shveysariya Jazoirni mag‘lub etib, 1/8 bosqichga yo‘l oldi
Sport
−
03 iyul 2473 1 daqiqa
Bugun, 3 iyul kuni Shveysariya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatining 1/16 finalida Jazoirni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Natijada shveysariyaliklar musobaqaning nimchorak final bosqichiga chiqdi.
Vankuver shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Shveysariyaning g‘alaba gollarini Bril Embolo 10-daqiqada hamda Dan Ndoye 46-daqiqada kiritdi.
Shu tariqa, shveysariyaliklar tarixda uchinchi marta mundialning chorak finali yo‘llanmasini qo‘lga kiritish imkoniyatini saqlab qoldi. Bunga qadar ular pley-offda faqat 1934 va 1938 yillarda g‘alaba qozongan edi.
Endi Shveysariya 1/8 finalda Kolumbiya – Gana juftligi g‘olibi bilan bahs olib boradi. Uchrashuv joriy yilning 7 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
Jazoir esa 1/16 finalda musobaqani tark etgan beshinchi Afrika vakiliga aylandi. Avvalroq, Janubiy Afrika, Senegal, Kot-d’Ivuar va Kongo Demokratik Respublikasi ham pley-offning ilk bosqichida mag‘lub bo‘lgan edi. Kabo-Verde, Misr va Gana esa o‘z bahslarini endi o‘tkazadi. Marokash esa hozircha keyingi bosqichga chiqqan yagona Afrika terma jamoasi bo‘lib turibdi.