Shveysariya kompaniyasi O‘zbekistonning uchta kompaniyasi aksiyalarini qo‘lga kiritdi

Jamiyat

image

Leman Services et Investissements(Shveysariya) sho‘’ba kompaniyasi hisoblangan Leman Capital xabariga ko‘ra, u O‘zbekistondagi uchta kompaniya aksiyalari ishonchli boshqaruviga ega bo‘lgan. Bu Integra Eurasia bilan shartnoma asosida amalga oshirildi.

Shveysariya investitsiya kompaniyasi quyidagi kompaniyalarning aksiyasini egalik qiladi:

“O‘zparavtotrans” AJ(104 544 dona, ustav fondining 26,5 foizi);

“Buxoroneftegazparmolash” AJ(1 003 576 dona, 23,4 foiz);

“O‘zpartamponaj” AJ(816 200 dona, 9,66 foiz).

Leman Capital bosh qarorgohi Shveysariyaning Non shahrida joylashgan Leman xalqaro moliya guruhining bir qismi hisoblanadi. U O‘zbekistondagi faoliyatini 2018 yilda boshlagan. U Leman guruhi texnologiyalari va resurslaridan foydalangan holda korporativ moliya, brokerlik biznesi, investitsiyaviy konsultatsiya va aktivlarni boshqarish sohasida yetakchiga aylanishni o‘zining asosiy vazifasi deb biladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

39

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing