Shvetsiya dunyodagi uch davlatni “eng katta tahdid” deb baholadi
Olam
−
09:22 10314 1 daqiqa
Shvetsiya xavfsizlik xizmati o‘zining yillik hisobotida Rossiya, Xitoy va Eronni mamlakat uchun “eng katta tahdidlar” deb atadi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar bergan.
Hisobotda qayd etilishicha, so‘nggi yillarda xavfsizlik idoralari Rossiya tomonidan kelayotgan xavf ortib borayotganidan ogohlantirib kelmoqda. Unga ko‘ra, Rossiya Ukrainadagi urushni qo‘llab-quvvatlash doirasida tobora xavfliroq harakatlarga qo‘l urmoqda va Yevropa bo‘ylab beqarorlashtiruvchi gibrid hujumlarni amalga oshirmoqda.
Shuningdek, Eron ham uzoq vaqtdan beri “jiddiy tahdid” sifatida baholanib kelmoqda. Shvetsiya rasmiylari mamlakat ichidagi jinoiy guruhlar so‘nggi o‘n yil davomida kuchayganini va ayrim hollarda ular davlat tuzilmalari tomonidan zo‘ravonlik harakatlarini amalga oshirish uchun ishlatilganini ta’kidlagan.
Hisobot muallifi, xavfsizlik xizmati rahbari Sharlotta fon Essenning so‘zlariga ko‘ra, AQSH va Isroilning Eronga qarshi harbiy operatsiyasi hamda Eronning javob choralaridan keyin Shvetsiyada AQSH, Isroil va yahudiy ob’ektlariga tahdid darajasi yanada oshgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa Ittifoqining sakkizta yetakchisi Ukrainaga qarshi urushda qatnashgan Rossiya fuqarolarining Shengen zonasiga kirishini cheklashga chaqirgandi.
Live
Barchasi