Shayxontohur tumani hokimligi binosi sotuvga qo‘yildi

Jamiyat

image

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahar Shayxontohur tumani hokimligi binosini savdoga qo‘ydi. Bu haqdagi e’lon “E-auksion” portaliga joylandi.

Portalda e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, binoning boshlang‘ich narxi 101 milliard 652 million so‘m etib belgilangan. Arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati esa joriy yil 26 may 09:00 gacha. Natijalar ham 26 may kuni 10:00 da e’lon qilinadi. Hokimlik binosining maydoni 7382 kvadrat metrni tashkil qiladi.

Qayd etilishicha, xaridor ob’ekt negizida zamonaviy mehmonxona qurish va sotib olish to‘lovlarining dastlabki qismini bir yo‘la kamida 50 foiz miqdorida to‘lab berish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi, shuningdek, mazkur ob’ekt Shayxontohur tumani hokimligi tomonidan joriy yil 1 iyulga qadar bo‘shatilgandan so‘ng xaridor undan foydalanish huquqini qo‘lga kiritadi.

Eslatib o‘tamiz, 19 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuvida O‘zbekistonning 15 ta tuman va shahrida barcha davlat idoralari tumanlar markazidagi bitta ko‘p qavatli binoga ko‘chirilishi ma’lum qilingandi. Prezidentning o‘sha kuni qabul qilingan farmoni bilan bu amaliyot yo‘lga qo‘yiladigan hududlar ro‘yxati tasdiqlandi


Maqola muallifi

Teglar

Shayxontohur E-auksion hokimlik binosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing