Shavkat Mirziyoyevning Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Yaponiya elchisi bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Kecha, 6 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Yaponiyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Yoshinori Fujiyama bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, uchrashuv davomida tomonlar Afg‘onistondagi mojaroni hal qilish bilan bog‘liq masalalarni, shuningdek, ushbu yo‘nalishidagi O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishgan.

Shuningdek, Yaponiya tomoni Afg‘onistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlikni o‘rnatish, butun afg‘on xalqi manfaatlari yo‘lida mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini tiklashga faol hissa qo‘shishga tayyorligini bildirdi.

“Tomonlar Afg‘onistonda Pokiston portlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan “Mozori Sharif – Kobul” temir yo‘li, shuningdek, “Surxon – Puli-Xumri” elektr uzatish liniyasini qurish kabi yirik loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratdilar”, deyiladi xabarda.

Farruxjon Murodqulov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Afg'oniston Yaponiya

Baholaganlar

25

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing