Shavkat Mirziyoyev Rossiyada qahramonlik qilgan o‘zbekistonlikni mukofotladi

Jamiyat

image

Avvalroq, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘zbekistonlik erkak Xayrullo Ibodullayev 7-qavatdan tushib ketgan bolani qutqargani haqida xabar berilgan edi. U O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan “Jasorat” medali bilan mukofotlandi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot kotibi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, unga mukofot Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida sodir bo‘lgan favqulodda va murakkab vaziyatda o‘z joni va salomatligini xavf ostiga qo‘yib, ko‘p qavatli uyning yuqori qismidan qulab tushayotgan yosh bolaga amaliy yordam ko‘rsatgani va uning hayotini saqlab qolgani, O‘zbekiston xalqiga xos yuksak jasorat, qahramonlik va fidoyilik fazilatlarini yaqqol namoyon etgani uchun berilgan.

Eslatib o‘tamiz, Xayrullo Ibodullayevga mazkur qahramonligi uchun to‘rtinchi Tigran Keosayan nomidagi mukofot va bir million rubl berilishi haqida xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Sankt-Peterburg Xayrullo Ibodullaev Jasorat medali

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing