Sankt-Peterburgda o‘zbekistonliklarga yana 5 ta sohada ishlash taqiqlandi

Olam

−

image

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida mehnat patenti asosida ishlaydigan xorijliklar, xususan, O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolariga tibbiyot, sartaroshlik, kosmetologiya, chakana savdo va jismoniy tarbiya sohalarida ishlash taqiqlandi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.

Qayd etilishicha, shahar ma’muriyati cheklovlar noqonuniy bandlikka qarshi kurashish maqsadida joriy etilganini bildirgan. Biroq taqiq Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo Belarus, Qozog‘iston, Armaniston va Qirg‘iziston fuqarolariga, shuningdek, ishlash uchun ruxsatnomaga ega xorijliklarga taalluqli emas.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Sankt-Peterburgda xorijliklarning mehnat patentiga asoslanib taksi haydovchisi va kurer bo‘lib ishlashiga ham taqiq qo‘yilgan. Ushbu cheklov o‘tgan yili joriy etilib, 2026 yil uchun uzaytirilgan.

Ma’lumot uchun, Rossiyada migratsiya siyosati 2024 yil mart oyida Moskva viloyatidagi “Krokus Siti Holl” konsert zalida sodir etilgan teraktdan keyin yanada qat’iylashtirila boshlandi. Shundan so‘ng, mamlakatda nikoh orqali soddalashtirilgan tartibda yashash guvohnomasini olish qoidalari cheklangan, migrantlarni chiqarib yuborishning yangi tartibi joriy etilgan hamda rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga qabul qilish taqiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil boshidan buyon Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridan qariyb 6,5 ming nafar xorijiy fuqaro majburan chiqarib yuborilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing