Rossiyada bolani qutqargan o‘zbekistonlikka 1 mln rubl beriladi
Olam
−
23 fevral 31351 1 daqiqa
Avvalroq, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida farrosh bo‘lib ishlaydigan o‘zbekistonlik Xayrullo Ibodullayev 7-qavatdan tushib ketgan bolaning hayotini saqlab qolgani haqida xabar berilgan edi. Unga mazkur qahramonligi uchun to‘rtinchi Tigran Keosayan nomidagi mukofot beriladi. Bu haqda “Russia Today” telekanali va “Rossiya Segodnya” axborot agentligi bosh muharriri Margarita Simonyan o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifsida ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, mukofot bilan birga Xayrullo Ibodullayevga rag‘batlantirish uchun bir million rubl ham beriladi.
Ma’lumot uchun, “Russia Today” va “Rossiya Segodnya” bosh muharriri nomidagi mukofotning tashkil etilishiga Buguruslan shahridagi ikki bog‘cha tarbiyachisi pichoq bilan qurollangan zo‘ravondan bolalarni himoya qilganidan so‘ng ta’sis qilingan.
Tigran Keosayan nomidagi mukofot – asosan jasorat va fidoyilik ko‘rsatgan insonlarga beriladigan mukofot hisoblanadi. U Margarita Simonyan tomonidan tashkil qilingan va ilhomlantiruvchi voqealar, ayniqsa bolalar yoki zaif insonlarni himoya qilgan harakatlarni e’tirof etish uchun beriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) qutqaruvchilari Qashqadaryo viloyatida qor bo‘ronida qolib ketgan o‘n kishini qutqarib qolgandi.
Live
Barchasi