Shavkat Mirziyoyev poytaxt IIBBga bordi
Jamiyat
−
12 fevral 2021 27486 1 daqiqa
Bugun, 12 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga bordi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalida xabar qilindi.
Boshqarmada Prezidentga profilaktika inspektorlari faoliyati, jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, mahalla va kenga jamoatchilik bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
O‘z navbatida, Shavkat Mirziyoyev bu boradagi harakatlar ko‘lamini kengaytirish, tizimni zamon talabi asosida yanada takomillashtirish, xodimlar malakasini oshirish yuzasidan mutasaddilarga topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.
Davlat rahbari ichki ishlar tizimidagi islohotlar bilan tanishishni davom ettiryapti.
Live
Barchasi