Shavkat Mirziyoyev Pokistonga jo‘nab ketdi
Jamiyat
−
13:18 939 1 daqiqa
Bugun, 5 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharifning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Islomobod shahrida oliy darajadagi muzokaralar va Strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston – Pokiston do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilinadi.
Sammit yakunida Qo‘shma deklaratsiya va ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami imzolanishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston rahbari tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida qo‘shma biznes forumi va boshqa tadbirlarda ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yil 25 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif rasmiy tashrif bilan Toshkentga kelgandi. 26 fevral kuni Toshkent shahridagi Xalqaro kongress markazida uni rasmiy kutib olishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Qolaversa, Shahboz Sharif va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tor doirada va delegatsiyalar ishtirokida muzokaralar o‘tkazdi. Ular ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot ham berdi. Tashrifining so‘ngida Shahboz Sharif O‘zbekiston-Pokiston biznes forumida ham ishtirok etdi.
Live
Barchasi