Shavkat Mirziyoyev ertaga Qozog‘istonga boradi
Jamiyat
−
20:08 968 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning taklifiga binoan ertaga, 29 iyul kuni amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, davlat rahbari Ostona shahrida “Kelajak o‘yinlari” uchinchi xalqaro musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.
“Kelajak o‘yinlari” o‘zida an’anaviy sport turlari va ularning raqamli shakllarini mujassam etgan.
Musobaqa 29 iyuldan 9 avgustga qadar 50 dan ortiq mamlakat vakillari, jumladan, O‘zbekiston sportchilari ishtirokida o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 may kuni Shavkat Mirziyoyev Ostonaga amaliy tashrif bilan borgan edi. Tashrif doirasida O‘zbekiston va Qozog‘iston savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni imzolagandi.
Live
Barchasi