Shavkat Mirziyoyev Butunjahon urbanizatsiya forumining ochilishida qatnashdi

Jamiyat

image

Bugun, 18 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMTning Aholi punktlari bo‘yicha dasturi shafeligida Baku shahrida o‘tkazilayotgan Butunjahon urbanizatsiya forumining 13-sessiyasi ochilish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, poytaxtning Kongress-markazida davlat rahbarini Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev hamda BMTning Aholi punktlari bo‘yicha dasturi ijrochi direktori Anaklaudiya Rossbax qutlagan.

Ishtirokchilarning birgalikda suratga tushish marosimi bo‘lib o‘tgan.

Bu galgi forumning mavzusi – “Barcha uchun uy-joy: xavfsiz va barqaror shaharlar hamda hamjamiyatlar”. Unda davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar hamda rivojlanish institutlari rahbarlari ishtirok etmoqda.

Forum kun tartibidan shaharlarni barqaror rivojlantirish, aholini zamonaviy va arzon uy-joy bilan ta’minlash, shahar muhiti sifatini oshirish, iqlim barqarorligini mustahkamlash, ijtimoiy va transport infratuzilmasini rivojlantirish hamda uy-joyni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari o‘rin olgan.

O‘zbekiston Prezidenti forum doirasidagi Yetakchilar sammitida nutq so‘zlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Butunjahon urbanizatsiya forumi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing