Shahram G‘iyosov WBA kamari uchun jang qilishi mumkin
Sport
−
14 Oktabr 3899 1 daqiqa
Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) yarim o‘rta vazn toifasida chempionlik jangiga buyruq berdi. Tashkilot ushbu vazn toifasidagi amaldagi chempion Rolando Romero o‘z kamarini o‘zbekistonlik majburiy da’vogar Shahram G‘iyosovdan himoya qilishini belgilab berdi.
Bokschilarning jamoalariga muzokaralar o‘tkazish uchun 30 kun vaqt berildi. Muddat 13 noyabr kuni nihoyasiga yetadi. Bu vaqt davomida tomonlar kelishuvga erisha olmasa, jangni tashkil etish uchun promouterlar o‘rtasida ochiq savdo o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, amerikalik 30 yoshli Rolando Romero faoliyati davomida hozirga qadar 19 ta jang o‘tkazib, 17 g‘alaba va 2 mag‘lubiyat qayd etgan. U so‘nggi jangida hamyurti Rayan Garsiyadan ustun kelgandi. 32 yashar Shahram G‘iyosov hisobida esa 17 ta g‘alaba bor. G‘iyosov 14 noyabr kuni Toshkentda rossiyalik Mark Urvanov bilan jang qiladi.
Live
Barchasi