Sergeliga yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
17 dekabr 3146 1 daqiqa
Toshkent shahrining Sergeli tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
2024 yil fevral oyidan beri Markaziy bank Toshkent shahar bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Davron Rahimjonovich Ismatov Sergeli tumani hokimi bo‘ldi.
Davron Ismatov 1982 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy – Toshkent moliya instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasida tahsil olgan.
Sergeli tumaniga 2020 yildan beri Elbek Shukurov rahbarlik qilib kelayotgan edi. U endilikda qaysi lavozimga tayinlangani hozircha ma’lum emas.
Live
Barchasi