Saudiya fuqarolarini Livanni tark etishga chaqirdi

Olam

image

Saudiya Arabistonining Bayrutdagi elchixonasi Falastinning Ayn al-Hilveh qochqinlar lageridagi qurolli to‘qnashuvlar sababli qirollik sub’ektlarini Livanni tark etishga chaqirdi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.

“Saudiya Arabistonining Livan Respublikasidagi elchixonasi qurolli to‘qnashuvlar kuzatilayotgan hududlarda bo‘lish xavfi haqida ogohlantiradi, shuningdek, fuqarolarni Livan hududini zudlik bilan tark etishga chaqiradi”, deyiladi diplomatik missiya o‘zining X (sobiq Twitter)da e’lon qilingan bayonotida.

Qirollik Livanning aynan qaysi hududlaridan o‘z fuqarolariga qochishni maslahat berayotgani haqidagi ma’lumotlar hozircha mavjud emas.

Shuningdek, elchixona Saudiya Arabistoni fuqarolariga Livanga sayohat taqiqiga rioya qilish kerakligini eslatgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistoniga tashrif buyurmoqchi bo‘lgan barcha Britaniya fuqarolari endi sayohat oldidan tashrif vizasini olishi shart bo‘lmasligi va ular bir kirishda olti oygacha qirollikda qolishi mumkin bo‘layotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Livan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing