Sariosiyo hokimi ham lavozimidan ozod etildi

Jamiyat

image

Bugun, 1 noyabr kuni Sariosiyo tumani hokimi Abduqodir Donayev lavozimidan ozod etildi va uning o‘rniga yangi rahbar tayinlandi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi xabar berdi.

Xalq deputatlari Sariosiyo tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ham ishtirok etdi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Shu vaqtga qadar Sariosiyo tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan Abduqodir Donayev boshqa ishga o‘tgani sababli lavozimidan ozod etilgani ma’lum qilindi. Viloyat rahbari tuman hokimi vazifasiga Odiljon Almahamadovich Yoqubov nomzodini taklif qildi. Uning nomzodi deputatlar tomonidan ma’qullandi.

U tayinlovga qadar viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Ma’lumot uchun, Odiljon Yoqubov 1983 yilda Oltinsoy tumanida tug‘ilgan. 2005 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini soliqlar va soliqqa tortish mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida soliq organlarida turli vazifalarda, xususan, Denov va Termiz tumanlarida Soliq inspeksiyasi boshlig‘i, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatining Karmana tumaniga hamda Andijon viloyatining Xonobod shahriga yangi hokimlar tayinlangandi. Shuningdek, Ohangaron shahri hokimi ishdan olinib, uning o‘rniga yangi rahbar tayinlangandi. 

Bundan tashqari, Narpay tumaniga shu paytgacha hokimlik qilib kelayotgan Sherbek Bo‘ronov ishdan bo‘shatilib, uning o‘rniga yangi hokim ishga kirishdi. Jizzax viloyati Forish tumani hokimi Ikrom Matiyev ham ishdan olindi va uning o‘rniga yangi rahbar qo‘yildi. Navbahor tumani hokimi Azamat O‘roqov lavozimidan ozod etildi va uning o‘rniga tumanga yangi hokim tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Sariosiyo tumani Abduqodir Donaev Odiljon Yoqubov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing