Sardoba fojiasi yuzasidan 9 kishi qamoqqa olingan – Bosh prokuratura

Jamiyat

image

Avvalroq, Bosh prokuratura “Sardoba” suv ombori to‘g‘onining o‘pirilishi yuzasidan ma’lumot berib, fojianing sabablarini ochiqlagandi.

Prokuratura bergan ma’lumotga ko‘ra, hozirgi vaqtda tergov organi tomonidan to‘g‘on qurilishi, ekspluatatsiya qilinishi, davlat komissiyasi tomonidan qabul qilingan hajmda suv to‘planishi jarayonlarida yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishi holatlariga daxldor 9 nafar shaxs, jumladan buyurtmachi “Sirdaryo suv qurilish invest” DUK, loyihachi “UzGip” MCHJ, bosh pudratchi – “O‘ztemiryo‘lqurilishmontaj” UK, pudratchi tashkilot “Rezaksoy suv qurilish” UK, “To‘palang Sherobod” SHK, Suv xo‘jaligi vazirligi, Ekspluatatsiya direksiyasi mansabdor shaxslarining bir guruhi Jinoyat kodeksining tegishli (167, 205, 207, 209, 258) moddalari bilan jinoiy javobgarlikka tortilib, kamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Jinoyat ishi doirasida qurilishga sarflangan byudjet mablag‘larining asosliligini tekshirish maqsadida hujjatli taftish va bajarilgan ishlar hajmlarining nazorat o‘lchovi tayinlanib, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi mutaxassislari rahbarligida mutasaddi idoralarning malakali mutaxassislaridan iborat komissiya tomonidan o‘lchov va taftish ishlari olib borilmoqda.

Tergov organi tomonidan jinoyatning sabablari, unga imkon bergan shart-sharoitlarni, aybdor shaxslar doirasini aniqlash bilan birga, yetkazilgan zararning qoplanishini ta’minlashga qaratilgan chora – tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Dastlabki tergovni har tomonlama va to‘liq o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida hamda jinoyat ishining murakkabligi va katta hajmdaligini inobatga olib, dastlabki tergov muddati Bosh prokuratura tomonidan 5 oyga uzaytirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Sardoba suv ombori

Baholaganlar

314

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing