Samarqanddagi shaxmat olimpiadasi ishtirokchilari hibsga olindi

Sport

−

image

Afg‘oniston erkaklar shaxmat terma jamoasi a’zolari yaqinda Samarqandda bo‘lib o‘tgan Jahon shaxmat olimpiadasida ishtirok etganidan so‘ng hibsga olindi. Bu haqda “Chessmaestro” nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Olimpiadada ishtirok etgan afg‘onistonlik to‘rt shaxmatchidan uch nafari mamlakat chegarasida ushlangan. Bunga Afg‘onistonda shaxmat o‘yini rasman taqiqlangani sabab bo‘lgani bildirilgan.

2025 yil may oyida Afg‘oniston rasmiylari diniy sabablarga ko‘ra mamlakatda shaxmat o‘yinini taqiqlaganini ma’lum qilgan. Hozirda terma jamoaning uch a’zosi Qobulda uy qamog‘ida saqlanmoqda va ularning taqdiri noma’lum.

“Ular pasportlarimizni musodara qilishdi va uchalamizni turli xonalarga ajratishdi”, degan hibsga olingan shaxmatchilar “El País” nashriga.

Ma’lumot uchun, 46-Jahon shaxmat olimpiadasi joriy yilning 15-27 sentyabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkazildi. 11 turdan so‘ng Afg‘oniston erkaklar terma jamoasi 10 ochko jamg‘arib, 206 jamoa orasida 128-o‘rinni egalladi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu nufuzli turnirda O‘zbekiston terma jamoasi 20 ochko bilan o‘z tarixida ikkinchi bor Butunjahon shaxmat olimpiadasi chempionligini qo‘lga kiritgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing