Samarqandda “zapravka” qariyb 6,4 mlrd so‘mlik gazni o‘g‘irladi

3-sahifa

image

Samarqand viloyati Jomboy tumanida 6,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi aniqlandi. Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ xabar berdi.

Qayd etilishicha, barcha hududlarda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlashga qaratilgan tadbirlar olib borilmoqda. Xususan, tumanda joylashgan “Sh.” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida xatlov o‘tkazilgan.

O‘rganish vaqtida shoxobchada o‘zboshimchalik bilan loyiha-texnik hujjatlaridan tashqari ortiqcha kompressor o‘rnatilgani va hisoblagichning ruxsat etilgan maksimal o‘lchash chegarasidan chetga chiqqan holda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelingani ma’lum bo‘lgan.

Holat bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilgan va dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 6 milliard 480 million so‘mlik zarar qayd etilgan. Barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand shahrida 907 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etilgandi.  


Maqola muallifi

Teglar

gaz Samarqand Jomboy o'g'irlandi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing