Samarqandda hisoblagichsiz 907 mln gaz ishlatgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Samarqand shahrida 907 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi. Bu haqda “Hududgazta’minot” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, “Hududgaz Samarqand” GTF kompleans nazorat tuzilmalari, gaz ta’minoti bo‘limi va huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda Samarqand shahrida o‘rganish olib borilgan.

Aniqlanishicha, shaharning “Shodiyona” mahallasida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim maktabida tabiiy gazdan foydalanish holati o‘rganilganda, iste’molchi loyiha-texnik hujjatlarisiz va hisoblagichsiz tarmoqqa ulangan holda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlangan.

Holat bo‘yicha dalolatnoma tuzilib, 907 million 200 ming so‘mlik tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilingan. Barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida ko‘p qavatli uyda 9,8 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

gaz Samarqand Hududgazta'minot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing