Samarqandda UNESCO konferensiyasi qanday o‘tmoqda? (fotoreportaj)
Jamiyat
−
08 noyabr 2579 2 daqiqa
Joriy yil 30 oktyabr kuni Samarqandda boshlangan UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi davom etmoqda. U 1985 yildan beri birinchi marta tashkilot bosh qarorgohi joylashgan Parijdan tashqarida bo‘lib o‘tyapti (1985 yilda Bolgariya poytaxti Sofiyada bo‘lgan).



UNESCO Bosh direktori Odri Azule sessiyaning ochilish marosimida so‘zga chiqar ekan, o‘zbekcha tashakkur bildirgan va tashkilotning faoilyati, uning rahbarligi davomida UNESCO resusrlari 82 foizga oshgani, Samarqanddagi sessiyaga esa oldingilaridan ko‘proq – 181 davlatdan 4500 dan ortiq akkreditatsiyadan o‘tgan ishtirokchilar yig‘ilganini ma’lum qilgandi.

Konferensiyani o‘tkazishga O‘zbekiston hukumati ham puhta tayyorgarlik ko‘rdi.



6 noyabr kuni UNESCO Bosh direktori nomzodi tashkilotga a’zo davlatlar tomonidan tasdiqlandi. Misrlik Xolid al-Ananiy tashkilotning yangi rahbari bo‘ladi.



UNESCO'ning 43-Bosh konferensiyasi doirasida “Samarqand: uch ming yillik meros” nomli tadbir ham o‘tkazildi. Tadbirning asosiy maqsadi — Samarqandning rivojlanish xronologiyasini aniqlashtirish va miloddan avvalgi II ming yillikka oid qadimiy aholi manzillari mavjudligini tasdiqlagan keng qamrovli arxeologik, tarixiy hamda fanlararo tadqiqotlar natijalarini taqdim etishdan iborat.



Kecha, 7 noyabr kuni Samarqand shahrida UNESCO bilan hamkorlikda O‘zbekistonda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarini joriy etishga tayyorgarlikni baholash bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda UNESCO bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining sun’iy intellektni joriy etishga tayyorligini baholash bo‘yicha tadqiqot loyihasi taqdim etildi.



Tadbirda davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, ilmiy doiralar va sun’iy intellekt sohasidagi yetakchi mutaxassislar ishtirok etdi.