Samarqandda pulga muhtoj ayollarni chetga sotayogan 21 yoshli qiz ushlandi (video)
3-sahifa
−
31 iyul 6622 1 daqiqa
Samarqand xalqaro aeroportida odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatda gumon qilinayotgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Navoiy viloyati ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, tezkor tadbirlar davomida 2005 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan fuqaro pulga muhtoj ayollarni xorijga yuborish orqali daromad topishga uringani aniqlangan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchi Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida yashovchi qizni Rossiyaga yuborishni va yo‘l xarajatlarini o‘z zimmasiga olishni va’da qilgan. U jabrlanuvchini kuzatayotgan vaqtida Samarqand xalqaro aeroportida tezkor xodimlar tomonidan ushlangan. Holat yuzasidan olingan aviachiptalar daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat bo‘yicha gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida ikki nafar ayolni Turkiyaga yuborib, odam savdosiga jalb etmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olingan edi.
Live
Barchasi