Samarqandda mashinasini odamlar ustiga haydagan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

3-sahifa

image

Avvalroq, Samarqand viloyatining Nurobod tumanidagi 35-sonli maktab oldidagi stadionda futbol jamoasi yutqazib qo‘yganidan jahli chiqqan erkak mashinasini odamlar ustiga haydagani xabar qilingandi. Ushbu erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Nurobod tumanidagi 35-sonli maktabning futbol stadionida sodir etilgan ushbu holatni aynan mana shu maktabda xo‘jalik ishlari mudiri lavozimida ishlab kelayotgan inson sodir etgani aniqlangan. Holat yuzasidan Nurobod tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, haydovchiga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida Captiva rusumli avtomobil haydovchisi futbol o‘yinidagi kelishmovchilik sabab odamlar ustiga mashinasini haydagan edi. Keyinchalik, garchi jabrlanuvchilar sudlanuvchiga nisbatan da’vosi yo‘qligini ma’lum qilgan bo‘lsa-da, aholining hayotiga xavf tug‘dirgani va voqea joyidan qochib ketgani uchun unga nisbatan 4 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand Nurobod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing