Samarqandda qariyb 15 mlrd so‘mlik kripto-aktivlarni aylantirgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
13:07 743 1 daqiqa
Samarqand viloyatida fuqaroning elektron hamyonlari orqali 14 milliard 827 million so‘mdan ortiq kriptovalyuta noqonuniy ayirboshlanganligi aniqlandi. Bu haqda Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Paxtachi tumani Toshko‘prik mahallasida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan fuqaroning mobil telefoni belgilangan tartibda tekshirilgan. Natijada uning elektron pochtasi orqali rasmiylashtirilgan elektron hamyonda jami 13 milliard 649 million 281 ming 17 so‘mlik kriptovalyuta ayirboshlanganligi ma’lum bo‘lgan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari davom ettirilib, fuqaroga tegishli boshqa qurilmadagi yana bir dastur ham tekshirilgan. Unda 1 milliard 178 million 300 ming 843 ming 79 so‘m miqdorida kriptovalyuta noqonuniy tarzda ayirboshlanganligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan viloyat IIB Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Fuqaroga tegishli uch dona telefon apparati protsessual tartibda daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirib olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida noqonuniy kripto-aktivlar savdosi bilan shug‘ullangan shaxs aniqlangan edi.
Live
Barchasi