Samarqandda hokim yordamchisi va advokat pora bilan qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
08 noyabr 2025 6093 2 daqiqa
Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi mahallalarning birida hokim yordamchisi lavozimida faoliyat yuritgan shaxs 2500 dollar pora olgan vaqtida qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, avvaldan Urgut tuman tibbiyot birlashmasida aniqlangan 61 mln so‘mlik kamomad bo‘yicha prokuratura organlari tomonidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tumandagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan biridagi hokim yordamchisi mazkur jinoyat ishining unda gumonlanuvchi sifatida jalb qilingan shaxslardan biriga tegishli qismini tanishlari yordamida ijobiy hal qilib berish evaziga 2500 dollar olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ushlangan.
So‘ngra hokim yordamchisi ushbu pullarni mahalliy advokatlik byurosi advokatiga berishi kerakligi aniqlanib, tezkor tadbir davom ettirilgan hamda mazkur qonun himoyachisi ham 2500 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, advokat mansabdor tanishlari orqali jinoyat ishining gumondor shaxsga tegishli qismini Jinoyat protsessual kodeksining 84-moddasi bilan tugatib berishni va’da qilgan.
Hozirda hokim yordamchisi va advokatga nisbatan Jinoyat kodeksining 168- (firibgarlik) va 28,211-moddalari (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Aniqlanishicha, hokim yordamchisi muqaddam Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan, advokat esa 168-moddasi (firibgarlik) bilan sudlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida profilaktika inspektori pora olgan vaqtda qo‘lga olingandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025