Samarqandda ham hayit munosabati bilan jamoat transporti ertaroq ish boshlaydi
Jamiyat
−
12:09 626 1 daqiqa
Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan joriy yil 20 mart kuni Samarqand viloyatida jamoat transporti ish faoliyatini ertalabki soat 04:00 dan boshlaydi. Bu haqda viloyat Transport boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu qaror jamoat transporti orqali hayit namozida ishtirok etishni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun qulaylik yaratish maqsadida qabul qilingan.
“Ushbu qaror jamoat transporti orqali hayit namozida ishtirok etishni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun qulaylik yaratish, yo‘llarda tirbandliklarni oldini olish hamda Ramazon hayiti bayramida sifatli, xavfsiz jamoat transporti xizmatini ko‘rsatish maqsadida qabul qilindi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda joriy yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 20 martga to‘g‘ri kelishi haqida xabar berilgan edi. Bayramlar munosabati bilan quyidagi kunlar dam olinadi:
- 20 mart (juma) – Ramazon hayiti kuni – barcha uchun dam olish kuni;
- 21 mart (shanba) – Navro‘z bayrami kuni – barcha uchun dam olish kuni;
- 22 mart (yakshanba) – dam olish kuni.
- 23 mart (dushanba) - 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun dam olish kuni (ishlanmaydigan bayram kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chirilgan dam olish kuni) 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun ish kuni.
Live
Barchasi